Jahon banki Surxondaryodagi avtomobil yo‘lini yaxshilashga 200 mln dollar ajratadi

24.03.2026 05:31
O'zbekchaРусский
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Bu mablag‘ning asosiy qismi Surxondaryo viloyatidagi M41 avtomobil yo‘lining 91 kilometrlik qismini qayta qurishga yo‘naltiriladi.
Jahon banki Surxondaryodagi avtomobil yo‘lini yaxshilashga 200 mln dollar ajratadi

Foto: Vecteezy.com

23-mart kuni Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi

Bu mablag‘ning asosiy qismi Surxondaryo viloyatining transport infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi. 

Dastlab, viloyatdagi M41 avtomobil yo‘lining 91 kilometrlik qismini qayta qurish rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, ushbu yo‘l O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston hamda Afg‘oniston bilan bog‘laydi. 

Loyiha doirasida yo‘l harakatlanish bo‘laklari soni ikkitaga ko‘paytirilib, to‘rttaga yetkaziladi. 

Loyiha, shuningdek, yo‘l qoplamasi sifatini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va avtobus bekatlarini qulaylashtirishga oid qurilish ishlarini ham moliyalashtiradi. 

Bundan tashqari, suv toshqinidan himoyalovchi 180 ga yaqin ko‘prik va drenaj inshootini qurish hamda rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. 

Bu aholi punktlaridan tashqarida o‘rtacha harakat tezligini soatiga 65 kilometrdan taxminan 90 kilometrga oshirishga yordam beradi. 

Shuningdek, ajratilgan mablag‘lar hisobidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini yaxshilash ham nazarda tutilgan. 

Jumladan, kompaniyada korporativ boshqaruvni mustahkamlash va moliyaviy shaffoflikni oshirish rejalashtirilgan.

#Jahon_banki#surxondaryo

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar