17-fevral kuni Poytaxt Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bank Kuzatuv kengashining quyidagi a’zolari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishiga qaror qilindi:
- Farrux Vahobov — “Minor Tasty Foods” MChJ ta’sischisi
- Vosim Muhammad — Al Maryah Community Bank boshqaruvi raisi
- Tolibjon Mirzaqulov — Multibroker direktori
- Ulug‘bek Bahodirov — Humo to‘lov tizimi boshqaruvi raisi
- Farhod Shokirov — “Qurilish Industriya hajmli Uy-Joy” MChJ bosh direktori
Ularning o‘rniga quyidagilar bankning Kuzatuv kengashi a’zolari etib uch yil muddatga saylandi:
- Otabek Mustafoyev — “Finanex” MChJ direktori
- Sardor Hamdamov — “Goods For Kids” MChJ direktori
- Bahodir Saparov — Agat Credit MMT bosh moliya direktori
- Jaafar Valid — DAS Holding guruhi bosh yuriskonsulti
- Hasan Sayid — DAS Holding guruhi bosh moliya direktori

Skrinshot: Poytaxt bank
Yangi a’zolar Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng o‘z vakolatlarini amalga oshirishga kirishishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Poytaxt Bank aksiyalarining 100 foiziga Bond Investment Limited egalik qiladi.
Ushbu investitsiya kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining DAS Holding guruhi tarkibiga kiradi.
