24-mart kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

24.03.2026 15:18
O'zbekchaРусский
24-mart kuni fond bozorida oltin narxi keskin tushib, uch hafta ichida 20 foizga arzonlashdi. Yaqin Sharqdagi mojarolar neft narxini yana oshirib, shu bilan birga Avstraliya dollarining biroz qadrsizlanishiga sabab bo‘ldi.
24-mart kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

Foto: msn.com

Pul-kredit siyosati obligatsiyalarga ta’sir o‘tkazmoqda

AQShning 30 yillik obligatsiyalari daromadliligi 0,59 foizga oshib, 4,941 foizni tashkil qildi. 

10 yillik va 5 yillik obligatsiyalar daromadliligi esa mos ravishda 0,78 va 0,99 foizga o‘sdi.

Bunga energiya narxlari oshishi inflyatsiya xavfini kuchaytirayotgani sabab bo‘lmoqda

Natijada foiz stavkalarining pasayish ehtimoli kamayib, davlatlar pul-kredit siyosatini kutilganidan ham qat’iyroq olib borishi haqidagi taxminlar ortmoqda.

Avstraliya dollari AQSh dollariga nisbatan qadrsizlandi

24-mart kuni Avstraliya dollari AQSh dollariga nisbatan 0,78 foizga qadrsizlandi. 

Bunga Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi tufayli investorlar xavfli aktivlardan voz kechib, xavfsiz aktiv sanalgan AQSh dollariga o‘ta boshlagani asosiy sabab sifatida ko‘rsatildi. 

Shu bilan birga, foiz stavkalari yuqori darajada (4,1%) saqlanib turganiga qaramay, global bozorlarda xavfdan qochish kayfiyati kuchaygani sababli Avstraliya dollari bosim ostida qolishda davom etdi.

Palantir Technology harbiy sohada yetakchiga aylandi

24-mart kuni Palantir Technology aksiyalari 6,74 foizga o‘sib, 160 dollardan savdo qilina boshladi. 

Pentagon memorandumiga ko‘ra, Palantir Maven sun’iy intellekt tizimi AQSh harbiy dasturlari orasida rekord darajada moliyalashtiriladigan loyiha sifatida tan olindi va uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlanadi. 

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya moliyaviy jinoyatlarni aniqlash uchun Palantir Foundry platformasini uch oylik sinovga tanladi. Bu esa kompaniya aksiyalarining oshishiga olib keldi.

Neft, oltin, bitkoin

24-mart kuni WTI markali neft narxi 4,78 foizga oshib, 92 dollarga baholandi. Brent nefti fyucherslari esa 3,48 foizga ko‘tarilib, 103 dollardan sotila boshladi. 

Eronning AQSh bilan muzokaralardan bosh tortishi ta’minotdagi uzilishlar xavfini yanada kuchaytirdi. Bu esa neft narxining oshishiga olib keldi. 

Oltin esa barqarorlikni saqlab qolgan holda 1,10 foizga pasayib, 4 358 dollarni tashkil qilmoqda. Biroq uning narxi uch hafta ichida 20 foizdan ko‘proqqa arzonlagan. 

Bitkoin narxi esa deyarli o‘zgarishsiz qolib, 70 695 dollarni tashkil etdi.

#fond_bozori_dayjest

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar