UZCARD 2025-yilda 104 mln dollar sof foyda oldi

25.03.2026 06:14
O'zbekchaРусский
UZCARD to‘lov tizimi 2025-yilda 1 trln 308 mlrd so‘m sof foyda oldi. Taqqoslash uchun, kompaniya sof foyda hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi 31 ta bankdan yuqori o‘rinda turibdi. 2024-yilga nisbatan kompaniyaning sof foydasi 37 foizga oshgan.
UZCARD 2025-yilda 104 mln dollar sof foyda oldi

Foto: UZCARD

UZCARD to‘lov tizimi 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi

Hisobotga ko‘ra, kompaniya yilni 1 trln 308 mlrd so‘m (o'rtacha kurs bo'yicha 104 mln dollar) sof foyda bilan yakunlagan. 

Bu ko‘rsatkich kompaniyaning 2024-yildagi sof foydasidan 352 mlrd so‘mga ko‘pdir. 

Taqqoslash uchun, kompaniya sof foyda hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi 31 ta bankdan yuqori o‘rinda turibdi.

Kompaniyaning daromadi esa 882 mlrd so‘mga yoki 68 foizga oshib, 2 trln 180 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Infografika: tanga.uz

Xarajatlar ham, o‘z navbatida, 68 foizga o‘sib, 661 mlrd so‘mga yetgan. 

Xarajatlarning asosiy qismi, aniqrog‘i 190 mlrd so‘mi, xodimlar maoshiga to‘g‘ri keladi. 

Kompaniyaning marketing xarajatlari qariyb 2,5 barobarga oshib, 153 mlrd so‘mga yetgan. 

UZCARD daromadi va sof foydasi oshganiga qaramay, soliq xarajatlari kamaygan. 

Kompaniya 2024-yilda 6,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 6,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan. 

Ma’lumot uchun, UZCARD IT Park rezidenti hisoblanadi. Bu esa kompaniyaga bir qancha soliq imtiyozlarini taqdim etadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-apreldan boshlab mazkur imtiyozlar bekor qilinadi.

Balans

2025-yilda kompaniya aktivlari 351 mlrd so‘mga oshib, 1 trln 87 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Xususiy kapital esa 37 foizga o‘sib, 810 mlrd so‘mga yetgan. Kompaniyaning ustav kapitali o‘zgarishsiz qolgan — 50 mlrd so‘m. 

Majburiyatlari esa 132 mlrd so‘mga yoki 91 foizga oshib, 278 mlrd so‘mni tashkil etgan.

#uzcard#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar