Markaziy bank tijorat banklari kesimida mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2026-yil 24-mart kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 28,8 foizni tashkil etdi.
Bu statistika e’lon qilinishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
So‘nggi bir hafta ichida mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,5 foiz bandga pasaygan.
Bu vaqt ichida avtokredit stavkalari esa 0,1 foiz bandga pasayib, 22,7 foizni tashkil qildi.
Eslatma
Mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkalari tadbirkorlik uchun alohida shartlardagi kreditlar, ish haqi doirasida va shu kabi alohida shartlarda ajratiladigan kreditlarni o‘z ichiga oladi.
Avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa tijorat banklari avtosanoat korxonalari bilan kelishgan holda turli qulay shartlarda past foizli avtokreditlar taklif qilishi tufayli, o‘rtacha foiz stavkali banklar taklif etayotgan amaldagi foiz stavkalaridan farq qilishi mumkin.
