2025-yilda davlat oliy ta’lim muassasalari qancha daromad ko‘rdi?

25.03.2026 19:09
O'zbekchaРусский
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil yakunlari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarining daromad va xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti eng ko‘p daromad qilgan.
2025-yilda davlat oliy ta’lim muassasalari qancha daromad ko‘rdi?

Foto: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil yakunlari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

2026-yil 25-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 101 ta davlat oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Vazirlik ma’lumotlarida ularning 75 tasi aks etgan. 

Hisobotga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yil davomida 909,5 mlrd so‘m daromad ko‘rgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lgan. 

Universitet daromadlarining 140 mlrd so‘mi yoki 15,4 foizi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. 

O‘zbekiston Milliy universiteti esa 650 mlrd so‘m daromad bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Universitet daromadlarining 254 mlrd so‘mi davlat budjeti hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Eng kam daromad Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialida qayd etilgan. 

Ushbu filialning daromadlari xarajatlaridan deyarli 5 baravar kam bo‘lib, 1,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. 

Qolgan universitetlarning daromadlari va xarajatlari bilan pastdagi infografikada tanishish mumkin. Infografikada kerakli bo‘lim ustiga bosish orqali filtrlash imkoniyati mavjud.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘z navbatida xarajatlar bo‘yicha ham yetakchilik qilgan. Universitet yil davomida 886,2 mlrd so‘m xarajat qilgan. 

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalar soni bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turadi. 

Eng kam xarajat ko‘rsatkichi esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Qo‘qon filialiga to‘g‘ri keladi.

#davlat_universitetlari#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar