Telegram premiumdan bepul foydalanish mumkinmi?

10.03.2025 04:44
Telegramda "Bepul aviachiptalar" hamda "Telegram premiumning tekin versiyasi" kabi virusli ilovalar tobora ko‘payib bormoqda. Foydalanuvchilar bunday ilovalarni yuklab olish oqibatida o‘z qurilmalari va to‘lov xavfsizligidan mahrum bo‘ladi. Ularning xavfsizligini tekshirish maqsadida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan maxsus bot ishga tushirildi.
Telegram premiumdan bepul foydalanish mumkinmi?

Telegramda "Bepul aviachiptalar", "Sizning videolaringiz to‘plami" hamda "Telegram premiumning bepul versiyasi" kabi virusli ilovalar tobora ko‘payib bormoqda.

Foydalanuvchilar bunday ilovalarga murojaat qilish oqibatida o‘z qurilmalari va to‘lov xavfsizligidan mahrum bo‘lishmoqda.

Bu kabi ilovalar virusli bo‘lgani sababli, Play Market va App Store’da mavjud emas.

Ularning virusli yoki virussizligini tekshirish mushkul bo‘lgani bois, Kiberxavfsizlik markazi tomonidan ularni tekshirish imkonini beruvchi bot ishga tushirildi.

Ushbu botga shubhali ilovani yuborish orqali uning zararli yoki zararsiz ekanligini aniqlash mumkin. Mazkur botning xizmatlari tez va bepul ko‘rsatiladi.

Shuni yodda tutish lozimki, Telegram premium va shunga o‘xshagan pullik obunalarni bepulga taklif qilayotgan ilovalar virusli bo‘ladi.

Avvalroq, firibgarlar mashhur insonlarning ovozi hamda mimikalaridan foydalanayotgani haqida yozgandik.

#virusli ilova#apkni tekshiruvchi bot

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar