Uztelecom sof foydasi 14 barobarga oshdi — 47 mln dollar

26.03.2026 11:23
O'zbekchaРусский
Uztelecom kompaniyasi 2025-yilda 591 mlrd so‘m sof foyda oldi. Bu 2024-yilga nisbatan 14 baravar ko‘pdir. Kompaniyaning daromadi ham 1,5 trln so‘mga oshib, 10,5 trln so‘mga yetgan. Ushbu daromadning 6,7 trln so‘mi mahsulot tannarxiga to‘g‘ri keladi.
Uztelecom sof foydasi 14 barobarga oshdi — 47 mln dollar

Foto: Uztelecom

Uztelecom kompaniyasi 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, kompaniya 591 mlrd so‘m (o'rtacha kurs bo'yicha 47 mln dollar) sof foyda olgan. Bu 2024-yilga nisbatan 14 baravar ko‘pdir. 

Taqqoslash uchun, kompaniya 2024-yilda 41,7 mlrd so‘m, 2023-yilda esa 25,4 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan. 

Infografika: tanga.uz

Kompaniyaning daromadi ham 1,5 trln so‘mga oshib, 10,5 trln so‘mga yetgan. Ushbu daromadning 6,7 trln so‘mi mahsulot tannarxiga to‘g‘ri keladi. 

Hisobot davrida kompaniya xarajatlari 290 mlrd so‘mga oshib, 2,6 trln so‘mni tashkil etdi. 

Shundan 878 mlrd so‘mi sotish xarajatlari, 697 mlrd so‘mi esa ma’muriy xarajatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Kompaniyaning sotish xarajatlari 30 foizga, ma’muriy xarajatlari esa 25 foizga oshgan. Boshqa xarajatlar esa 56 mlrd so‘mga kamayib, 1 trln so‘mni tashkil etdi.

Balans

2025-yilda Uztelecom aktivlari 470 mlrd so‘mga oshib, 13,5 trln so‘mga yetdi. 

Kompaniya 2025-yilda olingan sof foydani taqsimlanmagan foyda ko‘rinishida qoldirgan. 

Shuning hisobiga kompaniyaning xususiy kapitali ham ayni shu miqdorga oshgan. 

Ustav kapitali esa o‘zgarmagan — 326 mlrd so‘m. Majburiyatlar esa 74 mlrd so‘mga kamayib, 10,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

#uztelecom#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar