Fevral oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 900 mlrd so‘mga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarining kredit portfeli 613 trln 701 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Shundan 20 trln 258 mlrd so‘mi yoki 3,3 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Markaziy bank
Fevral oyida muammoli kreditlar 896 mlrd so‘mga oshgan. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 1 trln 306 mlrd so‘mga ko‘paygan edi.
Davlat banklari
1-mart holatiga ko‘ra, davlat banklarining kredit portfeli 410 trln 408 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Shundan 14 trln 670 mlrd so‘mi yoki 3,6 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Fevral oyida davlat banklarining muammoli kreditlari 923 mlrd so‘mga oshgan.
Bu o‘sishga O‘zmilliybank (396 mlrd so‘m), SQB (331 mlrd so‘m), Asakabank (159 mlrd so‘m) hamda AloqaBank (99 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan.
Turonbank (-29 mlrd so‘m), Xalq Banki (-24 mlrd so‘m) va Mikrokreditbank’da (-16 mlrd so‘m) esa muammoli kreditlar kamaygan.
Boshqa banklar
1-mart holatiga ko‘ra, boshqa banklarning kredit portfeli 203 trln 293 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Shundan 5 trln 588 mlrd so‘mi yoki 2,7 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Fevral oyida ularning muammoli kreditlari 27 mlrd so‘mga kamaygan.
Ushbu pasayishga Ipoteka-bank (-311 mlrd so‘m) hamda Universalbank (-25 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan.
Bu oyda Kapitalbank’ning muammoli kreditlari 100 mlrd so‘mga oshgan. Qolgan banklarda esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan.
.jpg)