O‘zbekistonning tovar va xizmatlar eksporti 23 foizga kamaydi

31.03.2026 08:55
O'zbekchaРусский
2026-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 3,5 mlrd dollar qiymatidagi tovar va xizmatlarni eksport qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd dollarga yoki 23 foizga kamaygan. Ushbu pasayish maxsus eksport hajmlarining qisqarishi bilan izohlandi.
O‘zbekistonning tovar va xizmatlar eksporti 23 foizga kamaydi

Foto: Yandex Maps

Statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2026-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 mlrd dollarga yetgan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 767 mln dollarga yoki 7,1 foizga ko‘pdir. 

Infografika: tanga.uz

Tashqi savdo aylanmasida import eksportdan 4,5 mlrd dollarga ko‘proq bo‘ldi. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb uch barobarga oshgan. 

Mamlakat tashqi savdo aylanmasida yuqori ulush Xitoy (27,5 %), Rossiya (18,3 %) va Qozog‘iston (7,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Manba: stat.uz

Eksport

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 3,5 mlrd dollar qiymatidagi tovar va xizmatlarni eksport qildi. 

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd dollarga yoki 23 foizga kamaygan. 

Ushbu pasayish maxsus eksport hajmlarining qisqarishi bilan izohlandi. Ma’lumot uchun, bu davrda oltin eksport qilinmagan. 

Maxsus eksportni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 2 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshgan. 

Eksportning katta qismi xizmatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Xizmatlarning umumiy eksportdagi ulushi 25 foizdan 41 foizga yetdi. 

Manba: stat.uz

Eksportning eng katta qismi Rossiya (19,2%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Import

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 8 mlrd dollarlik tovar va xizmatlarni import qildi. 

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 mlrd dollarga yoki 30 foizga oshgan. 

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (36,1 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Manba: stat.uz

Mamlakat ushbu davrda 135 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qildi. 

Bu boradagi yirik hamkorlar Xitoy (35%) va Rossiya (18%) bo‘ldi.

#eksport#import

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar