Ulug‘bek Tavakkalov Kapitalbank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini tark etdi.
Bu haqda Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar kanali xabar berdi.
Tavakkalov bu lavozimga bank Kuzatuv kengashining 2025-yil 4-fevraldagi qarori bilan tayinlangan edi.
Ulug‘bek Tavakkalov haqida
Ulug‘bek O‘ktamovich Tavakkalov 1978-yilda tug‘ilgan. 2000-yilda Rossiya Davlat xizmatlari universitetini Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2013-yilda Toshkent Moliya institutida bakalavriat bosqichini, 2016-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Bank ishi fakultetida magistratura bosqichini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1997-yilda Toshkent shahridagi Biznes jamg‘armasi kompaniyasining kredit va monitoring bo‘limida 1-toifali mutaxassis sifatida boshlagan.
2003–2019-yillarda Ipak Yuli Bankida monitoring bo‘limi boshlig‘i, kredit portfeli monitoringi bo‘limi boshlig‘i va chakana biznes bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2019-yil oktyabridan 2021-yil mayigacha SQB boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2021–2024-yillarda Tenge Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 2024-yilning aprelidan noyabrigacha mybank boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.
2024-yilning noyabr oyi boshida Ulug‘bek Tavakkalov mybank boshqaruvi raisi lavozimidan iste’foga chiqqani xabar qilingan edi.
Shundan so‘ng u Kapitalbank Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi sifatida ishladi.
