Hayot Bank startaplar uchun venchur fond ishga tushirmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hayot Ventures deb nomlangan fond dastlabki (MVP) bosqichdagi startaplarni moliyalashtirishga qaratilgan.
Fondning yiliga 20−40 ta shunday startapni qo‘llab-quvvatlashi ko‘zda tutilgan.
Ochiq manbalarga ko‘ra, “Hayot Ventures” MChJ 2025-yil 4-iyulda tashkil etilgan.
Uning 90 foiz ulushiga Ismoiljon Jo‘rayev, qolgan 10 foiziga esa “Hayot Birja” MChJ egalik qilishi qayd etilgan.

Manba: stat.uz
Ma’lumot uchun, Hayot Birja korxonasining ta’sischisi Hayot Bank hisoblanadi.
Hayot Bank esa to‘liq xususiy bank bo‘lib, uning ta’sischisi Botir Rahimovdir.
Hayot Ventures rahbari etib Bekmullin Tigran ko‘rsatilgan.
Mazkur shaxs ochiq ma’lumotlarda SQB Ventures fondining ham rahbari sifatida qayd etilgan.
U, shuningdek, Sug‘urta Bozor startapining asoschilaridan biridir.
26-mart kuni Yangi O‘zbekiston universiteti, SQB Bank, SQB Ventures va Hayot Bank o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Chapda Hayot Bank boshqaruv raisi Odil Po'latov
Ushbu kelishuvlar talabalar boshchiligidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
.jpg)