2025-yilda o‘zbekistonliklar rekord darajada oltin sotib oldi — 661 kg

01.04.2026 12:28
O'zbekchaРусский
2020-yilning noyabr oyidan to 2025-yil yakuniga qadar umumiy og‘irligi 1,2 tonnaga teng 65 ming 150 dona o‘lchovli oltin quyma sotilgan. Shundan 661 kilogrammi 2025-yil hissasiga to‘g‘ri keladi.
2025-yilda o‘zbekistonliklar rekord darajada oltin sotib oldi — 661 kg

Foto: Oyina.uz

O‘zbekistonda oltin quymalar 2020-yilning noyabr oyidan buyon aholiga sotilmoqda. 

Bundan aholining investitsiya va jamg‘arma imkoniyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan. 

Markaziy bank e’lon qilgan sharhga ko‘ra, sotuvlar boshlanganidan to 2025-yil yakuniga qadar umumiy og‘irligi 1,2 tonnaga teng 65 150 dona o‘lchovli oltin quyma sotilgan. 

Shundan 661 kilogrammi 2025-yil hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Manba: Markaziy bank

Bu 2025-yilda oltin quymalar sotuvi 2020–2024-yillardagidan ham ko‘p bo‘lganini ko‘rsatadi. 

Markaziy bank talabning bunday keskin ortishini yil davomida oltin narxining ko‘tarilgani bilan izohladi. 

2025-yilda oltinning daromadliligi bank omonatlariga nisbatan qariyb 3 baravar yuqori bo‘lgan.

Manba: Markaziy bank 

Oltin sotila boshlaganidan buyon aholi banklarga 201 kilogramm oltin quymasini qaytarib sotgan. 

Manba: Markaziy bank

Oltin quymalariga talab oshishi fonida ayrim banklar o‘z mobil ilovalari orqali onlayn tarzda quyma sotib olish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. 

Shuningdek, ba’zilari oltin depozitini ochish imkoniyatini ham taqdim etgan. 

Mazkur amaliyot doirasida aholi 2025-yilda banklarga 169,74 kilogramm oltinni depozitga qo‘ygan. 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zmilliybank hamda SQB orqali oltin depoziti ochish mumkin. 

Hozirda oltinni ikki xil usulda — onlayn hamda oflayn tarzda sotish va sotib olsa bo‘ladi. Bu haqda batafsil ushbu maqolada yoritilgan. 

@tangauz_news Telegram kanalida oltin quyma narxlarining kunlik o‘zgarishini kuzatib borish mumkin.

#oltin

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar