Mart oyida O‘zbekistonda oltin narxlari qanday o‘zgardi?

02.04.2026 06:02
O'zbekchaРусский
2026-yilning mart oyida oltin quymalari narxlari sezilarli darajada o‘zgarib turdi. 3-mart kuni narxlar tarixiy maksimumga yetgan bo‘lsa, 27-martga kelib keskin tushib ketdi. Shunga qaramay, narxlar 2025-yilning mart oyidagi maksimumdan 37 foizga yuqori bo‘lib turibdi.
Mart oyida O‘zbekistonda oltin narxlari qanday o‘zgardi?

Foto: cruxinvestor.com

2026-yilning mart oyida oltin quymalari narxlari sezilarli darajada o‘zgarib turdi. 

Fevral oyi oxirida Eron atrofidagi mojarolarning boshlanishi oltin narxining oshishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 

Natijada 3-martga kelib O‘zbekistonda bir gramm oltin quymasining narxi 2 mln 173 ming so‘mni tashkil etdi. 

Bu tarixiy maksimum hisoblanadi. Biroq mart oyining keyingi kunlarida narxlarning pasayishi kuzatildi. 

27-martga kelib esa bir gramm quyma narxi 1 mln 791 ming so‘mni tashkil etdi. 

Bu mart oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 21,3 foizga kamdir. 

Shunga qaramay, narxlar 2025-yilning mart oyidagi maksimumdan 37 foizga yuqori bo‘lib turibdi. 

27-martdan so‘ng narxlar oy oxirigacha o‘sib bordi va oy oxirida bir gramm quyma narxi 1 mln 829 ming so‘mni tashkil qildi. 

Mart oyi oxiridagi narx o‘sishiga asosan geosiyosiy noaniqliklar ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Shuningdek, dollarning biroz zaiflashishi ham qimmatbaho metall narxiga ijobiy ta’sir etmoqda. 

2-aprel, soat 10:27 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning bir troy unsiyasi 4680 dollarni tashkil qilmoqda. 

Goldman Sachs tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, yil oxiriga borib bu ko‘rsatkich 5400 dollarga yetadi. 

Bank bu prognozini 22-yanvar kuni e’lon qilgan edi. 31-mart kuni e’lon qilgan prognozida ham ushbu ko‘rsatkichni o‘zgarishsiz qoldirdi

Bank tahlilchilari mart oyidagi oltin narxining keskin tushishiga qaramay, o‘z prognozlarini o‘zgarishsiz saqlab qoldi.

#oltin_narxlari#Goldman Sachs

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar