Apex Bank ustav kapitali 200 mlrd so‘mga oshirilmoqda

03.04.2026 07:03
O'zbekchaРусский
Apex Bank kuzatuv kengashi bankning ustav kapitalini 200 mlrd so‘mga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Buning uchun nominal qiymati 1000 so‘mdan bo‘lgan 200 mln dona oddiy aksiya chiqariladi. Jarayon yakunlangach, bankning ustav kapitali 800 mlrd so‘mga yetadi.
Apex Bank ustav kapitali 200 mlrd so‘mga oshirilmoqda

Foto: Yandex Maps

31-mart kuni Apex Bank kuzatuv kengashining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, bankning ustav kapitalini 200 mlrd so‘mga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Buning uchun nominal qiymati 1000 so‘mdan bo‘lgan 200 mln dona oddiy aksiya chiqariladi. 

Chiqarilgan aksiyalar yopiq obuna orqali bankning amaldagi aksiyadorlari o‘rtasida teng taqsimlanadi. 

Jarayon yakunlangach, bankning ustav kapitali 200 mlrd so‘mga ko‘payib, 800 mlrd so‘mga yetadi. 

Ma’lumot uchun, Apex Bank 2023-yilning mart oyida tashkil etilgan. 

Manba: stat.uz

Bank shu yilni 18,5 mlrd so‘m, 2024-yilni esa 75 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan. 

2025-yilda esa bank foydaga chiqib, 95,6 mlrd so‘m sof foyda olgan.

#apex_bank#ustav_kapital

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar