Statistika qo‘mitasi dunyo aholisining har milliard nafarga o‘sishi qaysi yillarga to‘g‘ri kelgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
- 1804 yil – 1 mlrd kishi
- 1927 yil – 2 mlrd kishi (123 yil farq)
- 1960 yil – 3 mlrd kishi (33 yil farq)
- 1974 yil – 4 mlrd kishi (14 yil farq)
- 1987 yil – 5 mlrd kishi (13 yil farq)
- 1999 yil – 6 mlrd kishi (12 yil farq)
- 2011 yil – 7 mlrd kishi (12 yil farq)
- 2022 yil – 8 mlrd kishi (11 yil farq)
2026-yil holatiga ko‘ra, dunyo aholisi 8,2 mlrd kishini tashkil etmoqda.
Aholining har milliardga ko‘payishi orasidagi vaqt yildan yilga qisqarib bormoqda.
Dunyo aholisi 6 mlrddan 7 mlrdga yetishi uchun 12 yil kerak bo‘lgan bo‘lsa, 8 mlrdga yetishi uchun 11 yil kifoya qilgan.
Agar bu jarayon avvalgi yillardagidek davom etsa, dunyo aholisi 2032-yilda 9 mlrd nafarga yetishi mumkin.
O‘zbekiston dunyo aholisi sonining o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Mamlakat aholisi har yili o‘rtacha 700 ming kishiga ko‘paymoqda.
2026-yil 7-aprel holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi 38 mln 400 ming kishidan ortiqni tashkil etmoqda.

Manba: stat.uz
O‘zbekiston aholisi soni bo‘yicha dunyoning eng ko‘p aholiga ega 40 ta davlatidan biridir.
