Shuhratbek Kurbonov TBC Uzbekistan boshqaruvi raisining maslahatchisi lavozimini tark etdi

07.04.2026 10:13
O'zbekchaРусский
Shuhratbek Kurbonov TBC Uzbekistan boshqaruvi raisining maslahatchisi lavozimini tark etdi. Bu haqda u o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi. Kurbonov mazkur lavozimda 2025-yilning may oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.
Shuhratbek Kurbonov TBC Uzbekistan boshqaruvi raisining maslahatchisi lavozimini tark etdi

Foto: Spot

Shuhratbek Kurbonov TBC Uzbekistan boshqaruvi raisining maslahatchisi lavozimini tark etdi. Bu haqda u o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi

Skrinshot: LinkedIn

Kurbonov o‘z postida ekotizim rahbariyatiga, jumladan, Nika Kurdiani, Oliver Hyuz va Spartak Tetrashviliga minnatdorchilik bildirdi. 

Shuningdek, u bu davr o‘zi uchun haqiqiy raqamli bank qurish nima ekanligini qayta anglash imkoniyati bo‘lganini ta’kidladi. 

2025-yilning yanvar oyida HUMO to‘lov tizimi Paynet to‘lov tashkilotiga 65 mln dollarga sotilgan edi.  

6-mart kuni yagona aksiyador qarori bilan Shuhratbek Kurbonov HUMO to‘lov tizimi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi

U ushbu lavozimda tizim tashkil etilganidan, ya’ni 2019-yildan buyon ishlab kelayotgan edi.

Shundan so‘ng, oradan ikki oy o‘tib, aniqrog‘i may oyi boshida, Qurbonov TBC Uzbekistan boshqaruvi raisining maslahatchisi etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi

Shu tariqa, u ushbu lavozimda bir yildan kamroq vaqt ishladi.

#Shuhratbek Qurbonov#TBC_Uzbekistan

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar