8-aprel kuni Energiya samaradorligi milliy agentligi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabini ta’mirlash bo‘yicha tender natijalarini e’lon qildi.
Boshlang‘ich narxi 31 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan tenderda “Nurafshon Mega Construction” MChJ 29,6 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘alaba qozondi.

Skrinshot: E-tender
Texnik topshiriqqa ko‘ra, buyurtmachi 2,6 mlrd so‘mlik xarajatni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni ta’mirlash ishlariga dastlab jami 33,8 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Tender hujjatlarida buyurtmachining 2,6 mlrd so‘mga qanday ishlarni amalga oshirishi ko‘rsatilgan.
Buyurtmachi o‘z xarajatlari hisobidan quyosh panellari, quvurlar hamda boshqa energiya saqlash va uzatish vositalarini sotib olish, tashish va o‘rnatish xizmatlarini ko‘rsatishi belgilangan.
Biroq tender g‘olibining deyarli 30 mlrd so‘m evaziga qanday ishlarni bajarishi tafsilotlari keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, “Nurafshon Mega Construction” MChJ turar joy binolarini quruvchi tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Manba: stat.uz
Eslatib o‘tamiz, @tangauzb Telegram kanalida tenderlar bo‘yicha haftalik dayjest e’lon qilib boriladi.
