Markaziy bank Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab esdalik tangalarini sotuvga chiqardi.
Tangalar 999,9 probali oltin va kumushdan ishlangan bo‘lib, og‘irligi 31,1 grammni tashkil etadi.
Ularning old tomonida Amir Temur, orqa tomonida esa “Temur tuzuklari”dan hikmatlar aks ettirilgan.

Foto: Markaziy bank
Tangalarning narxi kun davomida oltin va kumushning jahon bozoridagi narxi o‘zgarishiga qarab o‘zgarib boradi.

Foto: Markaziy bank
10-aprel holatiga ko‘ra, esdalik oltin tanganing narxi 61 mln 145 ming so‘m, kumush tanganiki esa 1 mln 811 ming so‘m etib belgilangan.

Skrinshot: Markaziy bank
Qaytarib sotib olish narxi oltin tanga uchun sotish narxidan 6,67 foiz, kumush tanga uchun esa 51 foiz arzonroqdir.
Taqqoslash uchun, oltin quymalarining qaytarib sotib olish narxi sotish narxidan o‘rtacha 4 foizga past yuradi.

10.04.2026 / Skrinshot: Markaziy bank
10-aprel kuni 1 gramm oltin quymaning narxi 1 mln 928 ming 600 so‘m etib belgilangan.
Buni 31,1 ga ko‘paytirsak, 59 mln 980 ming so‘m kelib chiqadi.
Bu jamg‘arma nuqtayi nazaridan oltin quymalarining esdalik tangalarga qaraganda daromadliroq ekanini ko‘rsatadi.
Amir Temur siymosi tushirilgan tangalarni ayrim tijorat banklari orqali sotib olsa bo‘ladi.
Esdalik tangalar sotiladigan shoxobchalar ro‘yxatini quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.
