7-aprel kuni Open Bank Kuzatuv kengashining qarori bilan Muzrob Mamaraimov bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mazkur tayinlov Markaziy bank bilan kelishilganidan so‘ng rasman kuchga kiradi.
Mamaraimov bunga qadar bankning chakana bank xizmatlari bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Muzrob Mamaraimov haqida
Mamaraimov Muzrob Zuxriddinovich 1996-yilda tug‘ilgan. Mutaxassisligi — xalqaro bank ishi va moliya.
Uning LinkedIn sahifasiga ko‘ra, 2019-yilda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan.
Shuningdek, Buyuk Britaniyaning Suonsi universiteti hamda Rossiyaning Sber universitetida ham tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 2019-yilda Agrobank’da bank mutaxassisi sifatida boshlagan.
2020−2021-yillarda Agrobank boshqaruvi raisi o‘rinbosarining yordamchisi, 2021−2022-yillarda esa boshqaruv raisining yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-yilda Open Bank’ning chakana bank xizmatlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan.
