Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

14.04.2026 13:37
O'zbekchaРусский
2026-yil 6-aprel kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 29,5 foizni tashkil etdi. So‘nggi bir hafta ichida mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,3 foiz bandga oshgan.
Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz

Markaziy bank tijorat banklari kesimida mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot berdi

Manba: Markaziy bank

2026-yil 13-aprel kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 29,1 foizni tashkil etdi. 

So‘nggi bir hafta ichida mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,4 foiz bandga kamaygan. 

Bu vaqt ichida avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 22,7 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldi.

Eslatma

Mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkalari tadbirkorlik uchun alohida shartlardagi kreditlar, ish haqi doirasida va shu kabi alohida shartlarda ajratiladigan kreditlarni o‘z ichiga oladi. 

Avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa tijorat banklari avtosanoat korxonalari bilan kelishgan holda turli qulay shartlarda past foizli avtokreditlar taklif qilishi tufayli, o‘rtacha foiz stavkali banklar taklif etayotgan amaldagi foiz stavkalaridan farq qilishi mumkin.

#mikroqarz#avtokredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar