Asia Alliance Bank 2025-yilda olingan sof foydani taqsimladi

15.04.2026 13:18
O'zbekchaРусский
Asia Alliance Bank aksiyadorlari 2025-yilda olingan 494 mlrd so‘m sof foydaning 75 foizini oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlariga yo‘naltirdi. Shuningdek, 16 foizi taqsimlanmagan foyda sifatida, qolgani esa zaxira fondida qoldirildi.
Asia Alliance Bank 2025-yilda olingan sof foydani taqsimladi

Foto: Yandex Maps

13-aprel kuni Asia Alliance Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda aksiyadorlar 2025-yilda olingan 494 mlrd so‘m sof foydani quyidagicha taqsimlashga qaror qildi:

  • oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lashga — 368,5 mlrd so‘m (75%)
  • taqsimlanmagan foyda sifatida qoldirishga — 80,3 mlrd so‘m (16%)
  • zaxira fondiga — 45,3 mlrd so‘m (9%)

Bunda har bir aksiya uchun 45,89 so‘mdan dividend to‘lanishi belgilandi. 

Bu aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan 18,36 foizni tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, Asia Alliance Bank xususiy bank bo‘lib, uning yagona aksiyadori “Asia Alliance Group” MChJ hisoblanadi. 

Manba: stat.uz

Mazkur korxonaning ta’sischisi esa Mustafo Abdurahmonovdir. 

#asia_alliance_bank#dividend

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar