Abror Turg‘unov faoliyatini Asia Alliance Bank’da davom ettiradi

17.04.2026 09:15
O'zbekchaРусский
Abror Turg‘unov o‘z faoliyatini Asia Alliance Bank’da Blok rahbari sifatida davom ettiradi. Turg‘unov bungacha Poytaxt Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bir muddat ushbu bankning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi ham bo‘lib ishlagan.
Abror Turg‘unov faoliyatini Asia Alliance Bank’da davom ettiradi

Foto: Poytaxt Bank

Abror Turg‘unov o‘z faoliyatini Asia Alliance Bank’da Blok rahbari sifatida davom ettiradi

Bu haqda Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar kanalida ma’lum qilindi. 

Turg‘unov bungacha Poytaxt Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abror Turg‘unov haqida

Abror Qodirovich Turg‘unov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 

Mutaxassisligi — bank sohasida marketing, investitsiyalarni boshqarish. Bank tizimidagi mehnat faoliyatini 2005-yilda boshlagan. 

2024-yilning iyun oyidan boshlab Poytaxt Bank boshqaruvida ishlab kelayotgandi. 

2025-yil 3-sentyabrda ushbu bankning boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan

Biroq ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 8-sentyabr kuni bank yagona aksiyadorining qarori bilan bu lavozimdan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi

Shundan so‘ng u faoliyatini bankning boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida davom ettirgan. 

Uning mas’uliyat doirasiga chakana kreditlash boshqarmasi, g‘aznachilik, iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish, tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek, umumiy bo‘lim hamda xaridlar bo‘limi kirgan.

#abror_turg'unov#asia_alliance_bank#Poytaxt_Bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar