Agat Credit mikromoliya tashkiloti aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida Biznesni Rivojlantirish Bankidan 50 mlrd so‘m kredit oldi.
Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida ma'lum qilindi. Tomonlar o‘rtasidagi bitim 14-aprel kuni tuzilgan.
Kredit mablag‘i tashkilot ustav kapitalining 67,83 foizini tashkil etadi.
Tashkilot mazkur kreditni o‘zining kredit portfelini garovga qo‘yish evaziga, 36 oy muddatga, yillik 22 foiz stavkada olgan.
2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, mikromoliya tashkilotining aktivlari 275,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ma'lumot uchun, Agat Credit mikromoliya tashkiloti korporativ obligatsiyalar bozori yetakchilaridan biri sanaladi.
Tashkilot oxirgi marta 16-yanvar kuni yillik daromadliligi 26 foiz bo‘lgan obligatsiyalarni emissiya qilgan edi.
