Uzum Sarmoya tashkilotining umumiy qiymati 500 mlrd so‘m bo‘lgan obligatsiyalari Toshkent fond birjasida ro‘yxatga olindi.
Sotuvlar 2026-yil 20-apreldan boshlanadi. Ushbu obligatsiyaning nominal qiymati 10 mln so‘mni, umumiy soni esa 50 mingtani tashkil etadi.
Obligatsiyalarning muomala muddati — 3 yil. Ular bo‘yicha yillik daromad 19 foiz etib, foiz to‘lovlari esa har 90 kunda amalga oshirilishi belgilangan.
Ekotizim obligatsiyalarining daromadliligi pasaymoqda. Kompaniya birinchi obligatsiyasini 2025-yil mart oyida 25 foizlik yillik daromad bilan chiqargan edi.
Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan emissiyada esa bu ko‘rsatkich 24 foiz etib belgilangandi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Uzum ekotizimi 130 mln dollar sarmoya jalb qilgani ma’lum bo‘lgandi.
