SQB turk aktyori Burak O‘zchivitni bank ambassadori sifatida jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qildi

21.04.2026 09:09
O'zbekchaРусский
O‘zsanoatqurilishbank turk aktyori Burak O‘zchivitni bank ambassadori sifatida jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qildi. Tenderning boshlang‘ich qiymati 4,86 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shartnomaga ko‘ra, g‘olib 5 kun ichida aktyor bilan imzolangan kelishuvni taqdim etishi lozim.
SQB turk aktyori Burak O‘zchivitni bank ambassadori sifatida jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qildi

Foto: tanga.uz

20-aprel kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan brend-ambassadorlik xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha yirik tender e’lon qilindi

Mazkur tenderning boshlang‘ich qiymati 4,86 mlrd so‘mni tashkil etadi. Tanlov eng yaxshi takliflarni tanlash tartibida o‘tkaziladi. 

Skrinshot: E-tender

Tender hujjatlariga ko‘ra, xizmatlar doirasida mashhur turk aktyori Burak O‘zchivitni bank brendi ambassadori sifatida jalb etish ko‘zda tutilgan. 

Skrinshot: E-tender

Shartnomaga muvofiq, aktyor bilan ikki yilgacha hamkorlik qilish, uning ishtirokida foto va video kontent ishlab chiqish hamda ushbu materiallardan reklama va PR maqsadlarida foydalanish rejalashtirilgan. 

Tender shartlariga ko‘ra, ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinganidan keyin 5 kun ichida aktyor bilan imzolangan kelishuvni taqdim etishi lozim. 

Shartnoma bo‘yicha to‘lovning 50 foizi oldindan, qolgan qismi esa ishlar bajarilish bosqichlari yakuniga ko‘ra amalga oshirilishi belgilangan.

#sqb#tender#burak_o'zchivit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar