Ucell “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida o‘zining raqamli yechimlarini taqdim etdi

21.04.2026 16:46
O'zbekchaРусский
Ucell kompaniyasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ko‘rgazmada kompaniya biznes jarayonlarini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan o‘z platformalarini taqdim etdi.
Ucell  “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida o‘zining raqamli yechimlarini taqdim etdi

Andrey Shishkovskiy / Foto: Ucell

Ucell kompaniyasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 

Ko‘rgazmada kompaniya biznes jarayonlarini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan o‘z platformalarini taqdim etdi. 

Ushbu yechimlar korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruvni raqamlashtirishga xizmat qiladi. 

Foto: Ucell

Ko‘rgazmada raqamli ekologik monitoring platformasi namoyish etildi. Bu tizim korxonalarda atrof-muhit holatini kuzatib borish, tahlil qilish va boshqarish imkonini beradi. 

Platforma sanoat jarayonlarining ekologik ta’sirini nazorat qilishda qo‘llaniladi. 

Mazkur yechim Ohangaronsement zavodida amalda joriy etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitga va xodimlar salomatligiga ta’sirini kuzatib borishga imkon bermoqda. 

Foto: Ucell

Shuningdek, ko‘rgazmada “Kadrlar nazorati” tizimi ham taqdim etildi. U xodimlar faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish, geolokatsiya va fotohisobotlar orqali ish jarayonlarini shaffof boshqarishga yordam beradi. 

Foto: Ucell

Kompaniya bosh direktori Andrey Shishkovskiy Ucell’ning biznesga hamrohlik qiluvchi to‘laqonli raqamli sherikka aylanishga intilayotganini ta’kidladi.

Ucell o‘zining texnologik yetakchilik maqomini tasdiqlashga hamda nafaqat aloqa xizmatlarini yetkazib beruvchi, balki transformatsiyaning barcha bosqichlarida biznesga hamrohlik qiluvchi to‘laqonli raqamli sherik bo‘lishga intiladi. Ko‘rgazmadagi ishtirok — bu kabi hamkorlikni rivojlantirish hamda sheriklar va mijozlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir — dedi Andrey Shishkovskiy.

Akrom Najimov esa raqamli yechimlar ma’lumotlarni boshqaruv qarorlariga aylantirib, biznes samaradorligini oshirishini qayd etdi. 

Zamonaviy biznes barqaror rivojlanish va jarayonlarning shaffofligiga tobora ko‘proq yo‘naltirilmoqda. Aynan shuning uchun ekologik monitoring sohasidagi yechimlar strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ucell platformasi shunchaki ma’lumotlar yig‘ish bilan cheklanmay, ularni biznes samaradorligi va mas’uliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan boshqaruv qarorlariga aylantirish imkonini beradi — dedi kompaniyaning biznes segmentida savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rahbari Akrom Najimov.

Ko‘rgazma davomida Ucell mutaxassislari yechimlarni amaliy misollar bilan namoyish etib, biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Hamkorlik asosida

#ucell#innoprom

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar