Mart oyida elektromobillar savdosi 5,5 mingtaga yetdi — tahlil

22.04.2026 08:10
O'zbekchaРусский
Mart oyida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda elektromobillar savdosi 5,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshgan. Eng yuqori o‘sish Xorazm viloyatida kuzatilib, bu yerda savdo 5 baravarga ko‘paygan.
Mart oyida elektromobillar savdosi 5,5 mingtaga yetdi — tahlil

Foto: alibaba.com

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mart oyi yakunlariga ko‘ra avtomobil bozori bo‘yicha tahlilini e’lon qildi.

Tahlilga ko‘ra, mart oyida O‘zbekistonda 78 mingdan ortiq yengil avtomobil sotilgan. 

Savdolar fevral oyiga nisbatan 19 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 20,6 foizga oshgan. 

Eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatilib, bu yerda savdo hajmi 60,5 foizga ko‘paygan. 

Shuningdek, Surxondaryo (51,4%), Toshkent (46%), Sirdaryo (34,5%) hamda Navoiy (27,5%) viloyatlarida ham sezilarli o‘sish qayd etilgan.

Yangi avtomobillar savdosi

Mart oyida yangi yengil avtomobillar savdosi qariyb 31 mingtani tashkil etdi. 

Bu fevral oyiga nisbatan 13 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 37 foizni ko‘pdir. 

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida savdo hajmi 25 mingtaga yetgan. 

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida esa o‘sish yanada jadalroq bo‘lgan. 

Mart oyi yakunlariga ko‘ra, savdo hajmi fevral oyiga nisbatan qariyb 2 baravarga oshib, 5,7 mingtaga yetgan. 

Yillik hisobda ham bu segmentdagi faollik 2 baravardan ortiqqa o‘sgan.

Ikkilamchi bozor

Mart oyida ikkilamchi bozordagi yengil avtomobillar savdosi 47,5 mingtani tashkil etdi. 

Bu fevral oyiga nisbatan 23 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 12 foizga ko‘pdir.

Elektromobillar savdosi

Mart oyida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda elektromobillar savdosi 5,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshgan. 

Eng yuqori o‘sish Xorazm viloyatida kuzatilib, bu yerda savdo 5 baravarga ko‘paygan. 

Shuningdek, Navoiy (3,6 baravar), Jizzax (2,9 baravar) va Farg‘ona (2,2 baravar) viloyatlarida ham sezilarli o‘sish qayd etilgan.

#itim#avtomobil_sotuvi_sharhi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar