I chorakda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 13 foizga oshdi — $3,8 mlrd

22.04.2026 12:53
O'zbekchaРусский
2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari orqali 3,8 mlrd dollar valyuta mablag‘lari kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘pdir.
I chorakda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 13 foizga oshdi — $3,8 mlrd

Foto: Bilawal Arbab / EPA / TASS

Markaziy bank 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha valyuta bozori sharhini e’lon qildi

Sharhga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab 14,6 mlrd dollarni, taklif esa 12,2 mlrd dollarni tashkil etgan. 

Bunda talab o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga, taklif esa 27 foizga oshgan. 

Markaziy bank talabning taklifdan yuqori shakllanganini yuridik shaxslarning valyuta xaridi sezilarli darajada ortgani bilan izohladi.

Aholi

Ushbu davrda aholi banklarga 6 mlrd dollar xorijiy valyuta sotgan bo‘lsa, banklardan 3,2 mlrd dollar xorijiy valyuta sotib olgan. 

Bunda aholining valyuta sotuvi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga, xaridi esa 31 foizga oshgan. 

Umuman olganda, bu davrda aholining xorijiy valyuta taklifi talabdan 2,9 mlrd dollarga ko‘proq bo‘ldi. 

Ularning banklarga valyuta sotuvining asosiy manbai sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari qayd etildi. 

Ushbu davrda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari orqali 3,8 mlrd dollar valyuta mablag‘lari kelib tushdi. 

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘pdir. 

Pul o‘tkazmalari orqali mamlakatdan chiqib ketgan valyuta mablag‘lari esa 604 mln dollarni tashkil etdi. 

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 565 mln dollar bo‘lgan edi.

#valyuta_sharhi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar