Qaysi banklar yuridik shaxslar uchun arzonroq kredit ajratmoqda?

23.04.2026 06:28
O'zbekchaРусский
20-aprel kuni aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarning o‘rtacha stavkasi 25,4 foizni tashkil etdi. Asosiy vositalar xaridi uchun ajratilgan kreditlarning o‘rtacha stavkasi 23,9 foizga teng bo‘ldi.
Qaysi banklar yuridik shaxslar uchun arzonroq kredit ajratmoqda?

Foto: Pinterest

Markaziy bank banklar kesimida yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi

Ma’lumotga ko‘ra, 20-aprel kuni aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarning o‘rtacha stavkasi 25,4 foizni tashkil etgan. 

Manba: Markaziy bank

Mazkur turdagi kredit banklar kesimida 21 foizdan 30,3 foizgacha oraliqda shakllandi. 

20-aprel kuni mazkur kredit TBC Bank tomonidan o‘rtacha 30,3 foizdan ajratilgan.

Asosiy vositalar xaridi uchun

20-aprel kuni yuridik shaxslarga asosiy vositalar xaridi uchun ajratilgan kreditlarning o‘rtacha stavkasi 23,9 foizni tashkil etdi. 

Ushbu turdagi kredit banklar kesimida 19,8 foizdan 29,5 foizgacha oraliqda shakllandi. 

Manba: Markaziy bank

20-aprel kuni mazkur turdagi kreditni Universalbank o‘rtacha 29,5 foizdan ajratgan bo‘lsa, Biznesni rivojlantirish banki 19,8 foizdan ajratgan.

#biznes_uchun_kredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar