UZCARD avtomatik akseptsiz yechib olish xizmatidan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda.
Unga ko‘ra, endilikda to‘lov tizimi kartalaridan kreditlar va boshqa majburiyatlarni so‘ndirish uchun kartadagi barcha mablag‘ yechib olinmaydi.
Bunda kartada kamida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (1 mln 236 ming so‘m) miqdorida mablag‘ qoldiriladi.
Biroq foydalanuvchi qolgan mablag‘ni ham kredit to‘lovlariga yo‘naltirishni istasa, buni bemalol amalga oshirishi mumkin.
UZCARD axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu tartib 2026-yilning 15-aprelidan joriy etilgan.
Ma’lumot uchun, kartadagi mablag‘ni avtomatik yechib olish amaliyoti kreditlar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va boshqa majburiyatlar uchun qo‘llaniladi.
Endilikda mazkur amaliyot HUMO to‘lov tizimi tomonidan ham joriy etilishi kutilmoqda.
.jpg)