24-aprel kuni Prezident raisligida birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo'lib o'tdi.
Unda ma’lum qilinishicha, birinchi chorakda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 8,7 foizga o‘sgan.
Shuningdek, sanoat 8 foiz, xizmatlar ko‘rsatish 16,1 foiz, qishloq xo‘jaligi esa 5,1 foiz o‘sishni ko‘rsatgan.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning birinchi choragida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 6,8 foizga o‘sgan edi.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, 2018-yildan buyon hech bir birinchi chorakda 7 foizdan yuqori o‘sish kuzatilmagan.
.jpg)
Infografika: tanga.uz
Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida yuqori o‘rinda qayd etilgan.
Ushbu davrda mintaqada Qirg‘iziston iqtisodiyoti 10,1 foiz o‘sish bilan birinchi o‘rinda joylashgan.

Infografika: Mirkonomika
Tojikiston va Qozog‘iston iqtisodiyoti esa mos ravishda 8 foiz va 3 foizga o‘sgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 1,9 foiz bandga tezlashib, mintaqada eng yuqori natijani ko‘rsatgan.
Taqqoslash uchun, Qirg‘izistonda o‘sish 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 foiz bandga sekinlashgan.
Qozog‘iston va Tojikistonda esa o‘sishning sekinlashishi mos ravishda 2,8 va 0,2 foiz bandni tashkil etgan.
