O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mga yaqinlashdi

28.04.2026 07:39
O'zbekchaРусский
2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln 826 ming so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha maosh o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mln so‘mga yoki 17,4 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng yuqori maosh hamon Toshkent shahrida saqlanib qolmoqda.
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mga yaqinlashdi

Foto: Sputnik

2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln 826 ming so‘mni tashkil etdi

Skrinshot: stat.uz

O‘rtacha maosh o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mln so‘mga yoki 17,4 foizga oshgan.

Hududlar kesimida

Hududlar kesimida eng yuqori maosh hamon Toshkent shahrida saqlanib qolmoqda. 

Poytaxt nafaqat oylik maoshning yuqoriligi, balki maoshlar o‘sishi jihatidan ham yuqori o‘rinda qayd etilgan. 

Maosh o‘sishi bo‘yicha Namangan viloyati (19%) yetakchilik qilgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinda Toshkent shahri (18,8%) turibdi. 

Infografika: tanga.uz

Maoshning eng sekin o‘sishi esa Surxondaryo (12,1%) hamda Toshkent (13,9%) viloyatlarida kuzatilgan.

Sohalar kesimida

Oylik maoshning yuqoriligi jihatidan hamon bank va sug‘urta sohasi peshqadamlik qilmoqda. 

Mazkur sohada maoshlar so‘nggi besh yil ichida 2,2 baravarga oshgan. 

Bu muddat ichida eng yuqori o‘sish axborot va aloqa sohasida kuzatilgan. 

Skrinshot: stat.uz

Shu davrda maoshlarning eng sekin o‘sishi qurilish sohasida qayd etilib, 54 foizni tashkil etgan. 

Eng past maoshlar hamon ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida saqlanib qolmoqda. 

Ushbu sohalarda so‘nggi besh yilda maoshlarning o‘sishi mos ravishda 84 va 77 foizga oshgan.

#o'rtacha-oylik

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar