Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

29.04.2026 06:12
O'zbekchaРусский
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Eslatib o‘tamiz, asosiy stavka 2025-yilning 20-mart sanasida 0,5 foiz bandga ko‘tarilib, 14 foiz darajasiga yetkazilgan edi. Undan keyingi davrda bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qolmoqda.
Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Markaziy bank boshqaruvi 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Eslatib o‘tamiz, asosiy stavka 2025-yilning 20-mart sanasida 0,5 foiz bandga ko‘tarilib, 14 foiz darajasiga yetkazilgan edi. 

Undan keyingi davrda bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qolmoqda. 

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2026-yil yakuni bo‘yicha umumiy inflyatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. 

Belgilangan 5 foizlik target darajasiga esa 2027-yil yakunida erishish maqsad qilingan. 

Shu sababli noaniqliklar fonida qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish zarur deb topildi. 

Mart oyida yillik inflyatsiya darajasi 7,1 foizgacha pasayib, rekord darajani qayd etgandi. 

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, bu pasayish asosan ayrim tovarlar bo‘yicha o‘tgan yilgi yuqori baza ta’siri tugagani hisobiga yuz bergan. 

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 17-iyunga belgilangan.

#markaziy_bank#asosiy_stavka

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar