AliPos startapi 3,5 mln dollar bahoda 200 ming dollar sarmoya jalb qildi

30.04.2026 13:46
O'zbekchaРусский
Umumiy ovqatlanish sohasini raqamlashtirishga qaratilgan AliPos startapi 3,5 mln dollar bahoda 200 ming dollar sarmoya jalb qildi. Ushbu raundga Imkon Ventures fondi boshchilik qildi. Shuningdek, raundga Nexus Capital Management Angel Club ham qo‘shildi.
AliPos startapi 3,5 mln dollar bahoda 200 ming dollar sarmoya jalb qildi

Foto: Alipos asoschisi Jonibek Miralimov va Imkon Ventures hammuassisi Tohirjon Mirzajonov

AliPos startapi 3,5 mln dollar bahoda 200 ming dollar sarmoya jalb qildi

Ushbu raundga Imkon Ventures fondi boshchilik qildi. Shuningdek, raundga Nexus Capital Management Angel Club ham qo‘shildi. 

Ma’lumot uchun, AliPos startapi umumiy ovqatlanish sohasini raqamlashtirishga qaratilgan. 

2025-yil noyabr oyidagi Taqdimot ko‘rsatuvida AliPos asoschilaridan biri Jonibek Miralimov investorlarga taqdimot qilgandi. 

O‘shanda asoschi startap obuna modeli asosida ishlashini hamda oylik tushumi 23 ming dollarga yetganini aytib o‘tgandi

O‘sha vaqtda startap AloqaVentures rahbari Suhrob G‘aybullayev tomonidan 2,5 mln dollarga, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan esa 1,8 mln dollarga baholangan edi. 

AliPos startapi 2025-yil aprel oyida AloqaVentures fondidan 1 mln dollar bahoda 80 ming dollar sarmoya jalb qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, startap bugungi kunda 1441 ta restoran bilan ishlamoqda.

#alipos#imkon_ventures#nexus_capital_management_angel_club

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar