OKMK sof foydasi I chorakda 3,3 barobarga oshdi — 4,72 trln so‘m

01.05.2026 04:56
O'zbekchaРусский
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2026-yilning birinchi choragida 4,72 trln so‘m sof foyda ko‘rdi. Kombinatning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 barobarga oshgan. Daromadi esa 4,96 trln so‘mga ko‘payib, 14,03 trln so‘mni tashkil etgan.
OKMK sof  foydasi I chorakda 3,3 barobarga oshdi — 4,72 trln so‘m

Foto: OKMK

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2026-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi

Hisobotga ko‘ra, kombinat ushbu davrni 4,72 trln so‘m sof foyda bilan yakunlagan. 

Kombinatning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 barobarga oshgan. 

Daromadi esa 4,96 trln so‘mga ko‘payib, 14,03 trln so‘mni tashkil etgan. 

Infografika: tanga.uz

Bu davrda kombinat mahsulot tannarxini 4,4 trln so‘mdan 4,2 trln so‘mga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Kombinatning operatsion xarajatlari esa 49 foizga o‘sib, 2,3 trln so‘mga yetgan. 

Xarajatlarning katta qismi, aniqrog‘i 2,13 trln so‘mi boshqa operatsion xarajatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Kombinat ushbu davrda 3,75 trln so‘m daromad solig‘i to‘lagan. 

Taqqoslash uchun, kombinat o‘tgan yilning mos davrida 1 trln so‘m daromad solig‘i to‘lagan edi.

Balans

2026-yilning birinchi choragida OKMK aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,87 trln so‘mga ko‘payib, 95,2 trln so‘mga yetgan. 

Majburiyatlar esa 4,15 trln so‘mga oshib, 51,7 trln so‘mni tashkil etgan. 

Xususiy kapital esa 4,72 trln so‘mga ko‘payib, 39,4 trln so‘mga yetgan. 

Kapitalning bunday o‘sishi taqsimlanmagan foydaning ortishi hisobiga yuz bergan. 

Kombinatning taqsimlanmagan foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,72 trln so‘mga ko‘payib, 20,65 trln so‘mni tashkil etgan. 

Ustav kapitali o‘zgarishsiz qolgan — 2,8 trln so‘m.

#OKMK#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar