Xalq Bankining Yakkasaroy tumanidagi ma’muriy binosi auksionda 33 mlrd so‘mga sotildi

04.05.2026 06:47
O'zbekchaРусский
Xalq Bankining Yakkasaroy tumanidagi ma’muriy binosi auksionda 33 mlrd so‘mga sotildi. 31 daqiqa davom etgan savdoda “Marmaris Star” MChJ g‘olib bo‘ldi. Mazkur korxona 2025-yilning noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadi.
Xalq Bankining Yakkasaroy tumanidagi ma’muriy binosi auksionda 33 mlrd so‘mga sotildi

Foto: E-auksion

Xalq Bankining Yakkasaroy tumanidagi ma’muriy binosi auksionda 33 mlrd so‘mga sotildi

Skrinshot: E-auksion

Lotning boshlang‘ich narxi 27,6 mlrd so‘m edi. Savdolar 30-aprel kuni bo‘lib o‘tdi va 31 daqiqa davom etdi. 

Yakunda 33 mlrd so‘m taklif etgan “Marmaris Star” MChJ g‘olib bo‘ldi. 

Mazkur korxona 2025-yilning noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadi. 

Uning ta’sischisi va rahbari sifatida Qalandarov Mansurbek To‘rayevich ko‘rsatilgan. 

Ushbu shaxs, shuningdek, “Marmaris Gold” MChJ, “Marmaris Line” MChJ hamda “Marmaris Guest” MChJlarining ham ta’sischisi sanaladi. 

Bu korxonalar ham mehmonxonalar va shunga o‘xshash yashash joylari faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan.

Lot haqida

Xalq Bankining Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi ma’muriy binosining umumiy maydoni 2061 kvadrat metrni tashkil etadi. 

Foto: E-auksion

Yer uchastkasi esa 23,25 sotix maydonni egallaydi. Shartlarga muvofiq, g‘olib auksion natijalari tasdiqlangandan so‘ng 10 kun ichida umumiy to‘lovning 25 foizini to‘lashi lozim.

#Xalq_Banki#auksion

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar