2026-yilning birinchi choragida tijorat banklarining depozit qoldig‘i 16 trln 676 mlrd so‘mga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
1-aprel holatiga ko‘ra, banklarning depozit qoldig‘i 433 trln 934 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Buning 268 trln so‘mi yuridik shaxslar, 165 trln 933 mlrd so‘mi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Skrinshot: Markaziy bank
Chorak davomida yuridik shaxslarning depozit qoldig‘i 11 trln 144 mlrd so‘mga, aholiniki esa 5 trln 531 mlrd so‘mga ko‘paygan.
Davlat banklari
1-aprel holatiga ko‘ra, davlat banklarining depozit qoldig‘i 221 trln 754 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Birinchi chorak davomida davlat banklarining depozit qoldig‘i 9 trln so‘mga ko‘paydi.
Mazkur o‘sishga O‘zmilliybank (2 trln 939 mlrd so‘m), Xalq Banki (1 trln 565 mlrd so‘m) hamda Agrobank (1 trln 283 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan.
Chorak davomida AloqaBank (-288 mlrd so‘m), Xalq Banki (-164 mlrd so‘m) hamda MKBANK’da (-13 mlrd so‘m) jismoniy shaxslar depozit qoldig‘i kamaygan.
Biznesni Rivojlantirish Banki (-695 mlrd so‘m), Agrobank (-507 mlrd so‘m), Asakabank (-213 mlrd so‘m) hamda SQB’da (-32 mlrd so‘m) yuridik shaxslar bo‘yicha depozit qoldig‘i sezilarli kamaygan.
Boshqa banklar
1-aprel holatiga ko‘ra, boshqa banklarning depozit qoldig‘i 212 trln 180 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Buning 59 foizi yuridik shaxslar, qolgan 41 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash uchun, davlat banklari depozit qoldig‘ining 64 foizi yuridik shaxslar, qolgan 36 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Birinchi chorak davomida boshqa banklarning depozit qoldig‘i 7 trln 592 mlrd so‘mga ko‘paygan.
Ushbu o‘sish yuridik shaxslar depozit qoldig‘ining 7 trln 359 mlrd so‘mga oshgani hisobiga yuz bergan. Aholining depozit qoldig‘i esa 233 mlrd so‘mga ko‘paygan.
Yuridik shaxslar depozit qoldig‘ining bunday o‘sishiga Octobank (3 trln 102 mlrd so‘m), Tenge Bank (1 trln 668 mlrd so‘m) hamda Ipoteka-bank (1 trln 175 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan.
Orient Finans Bank (-993 mlrd so‘m), Davr Bank (-356 mlrd so‘m), Universalbank (-337 mlrd so‘m) hamda Hamkorbank'da (-298 mlrd so‘m) yuridik shaxslarning depozit qoldig‘i sezilarli kamaygan.
Aholining depozit qoldig‘i esa Hayot Bank (593 mlrd so‘m), ANORBANK (399 mlrd so‘m) hamda Trastbank’da (305 mlrd so‘m) sezilarli oshgan.
Ipoteka-bank (-795 mlrd so‘m), KDB Bank (-273 mlrd so‘m) hamda Tenge Bank’da (-261 mlrd so‘m) bu ko‘rsatkich sezilarli kamaygan.
TBC Bank’da esa aholining depozit qoldig‘i 79 mlrd so‘mga, yuridik shaxslarniki esa 270 mlrd so‘mga ortgan.
