Asakabank Osiyo taraqqiyot banki bilan 40 mln dollarlik kredit liniyasi bo‘yicha kelishuv imzoladi

05.05.2026 12:33
O'zbekchaРусский
Asakabank va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida strategik ahamiyatga ega kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, Asakabank Osiyo taraqqiyot bankidan 40 mln dollar miqdorida kredit liniyasi jalb qiladi. Mazkur mablag‘lar mamlakatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Asakabank Osiyo taraqqiyot banki bilan 40 mln dollarlik kredit liniyasi bo‘yicha kelishuv imzoladi

Foto: Asakabank

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida Asakabank va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida strategik ahamiyatga ega kelishuv imzolandi

Kelishuvga ko‘ra, Asakabank Osiyo taraqqiyot bankidan 40 mln dollar miqdorida kredit liniyasi jalb qiladi. Mazkur mablag‘lar mamlakatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 

Ushbu moliyalashtirish mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 

Xususan, mablag‘larning barcha hududlarga yo‘naltirilishi joylarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi. 

Shu bilan birga, hududlarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. 

Foto: Asakabank

Loyiha doirasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat berilgan bo‘lib, bu ularning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va shu orqali inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. 

Shuningdek, “yashil” loyihalarni moliyalashtirish orqali energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishga va ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shiladi. 

Mazkur bitim Asakabank’ning xalqaro moliya institutlari bilan mustahkam va ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini yanada kuchaytirib, bankning mamlakatda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi faol ishtirokini yaqqol ko‘rsatadi.

Foto: Asakabank

Asakabank tadbirkorlar va hududlar rivojini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.

Hamkorlik asosida

#asakabank#otb

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar