Octobank E9PAY mobil ilovasi orqali Janubiy Koreyadan pul mablag‘larini qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi. Endi foydalanuvchilar HUMO kartalariga bevosita pul jo‘natishlari mumkin.
Bank xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha hamkorlik tarmog‘ini kengaytirib, mijozlarga dunyoning turli mamlakatlaridan qulay moliyaviy operatsiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
E9PAY tezkor onlayn o‘tkazmalar xizmati — ilovaning o‘zida bir necha klik orqali xalqaro pul o‘tkazish uchun qulay va talabgir yechimdir.
Octobank bunday operatsiyalarni qabul qilish va qayta ishlashda ishonchli hamkor bo‘lib, tranzaksiyalarning barqarorligi, xavfsizligi va tezligini ta’minlaydi.
Pul yuborish jarayoni ilovada quyidagicha amalga oshiriladi:
- Agar Janubiy Koreyada bo‘lsangiz, E9PAY ilovasini oching
- Bosh ekranda "Pul o‘tkazmalarini yuborish" bo‘limini tanlang
- Yangi qabul qiluvchini qo‘shing
- Belgilangan mamlakatni (O‘zbekiston) ko‘rsating va "2-usul"ni tanlang
- Oluvchining ma’lumotlarini (F.I.Sh., karta raqami) va o‘tkazma maqsadini kiriting
- Summani KRWda ko‘rsating
- O‘tkazmani qabul qilinadigan summani hisobga olgan holda tasdiqlang
- Tayyor - pul darhol qabul qiluvchida
Avvalroq, Octobank Xitoyda mashhur Alipay+ to‘lov xizmati orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini bergan va uni birinchilardan bo‘lib o‘zining mobil ilovasiga integratsiya qilgan edi.
Xalqaro to‘lov yechimlarini rivojlantirish bankning transchegaraviy operatsiyalar imkoniyatlarini kengaytirish va butun dunyo bo‘ylab mijozlar uchun qulaylikni oshirish strategiyasining muhim qismi bo‘lib qolmoqda.
Hamkorlik asosida
