O'zbekistonda bir shaxsga tegishli kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalar komissiyasiz bo‘lishi mumkin

05.05.2026 14:39
O'zbekchaРусский
O‘zbekistonda bir fuqaroga tegishli bo'lgan bir nechta bank kartasi o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari komissiyasiz bo'lishi mumkin. 5-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga qilingan taqdimotda bu borada tegishli takliflar berildi.
O'zbekistonda bir shaxsga tegishli kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalar komissiyasiz bo‘lishi mumkin

Foto: Rossiya IIB

5-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taqdim etilgan takliflar orasida raqamlashtirish va bank xizmatlari xarajatlarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 

Xususan, jismoniy shaxslarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish tartibini joriy etish taklif etildi. 

Shuningdek, SMS xabarnomalar xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularning o‘rniga mobil ilovalardagi bildirishnomalar yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yechimlardan foydalanish taklif qilindi. 

Bundan tashqari, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilg‘i sotish sohalarida xarid cheki bo‘yicha keshbekni tezkor qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

#pul_o'tkazmalari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar