Aprel oyida yillik inflatsiya darajasi 7 foizni tashkil etdi — rekord

06.05.2026 05:08
O'zbekchaРусский
2026-yilning aprel oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7 foizni tashkil etdi. Bu inflatsiya statistikasi e’lon qilina boshlaganidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. Yillik inflatsiya darajasi o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 3,1 foiz bandga pasaydi.
Aprel oyida yillik inflatsiya darajasi 7 foizni tashkil etdi — rekord

Foto: delfi.lt

2026-yilning aprel oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7 foizni tashkil etdi

Bu inflatsiya statistikasi e’lon qilina boshlaganidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. 

Meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishi hisobga olinmaganda, yillik inflatsiya 7,6 foizga teng bo‘ldi. 

Yillik inflatsiya darajasi mart oyiga nisbatan 0,1 foiz bandga, o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan esa 3,1 foiz bandga pasaydi. 

Ushbu oyda hududlar kesimida eng yuqori inflatsiya darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (7,4%) kuzatildi. 

Eng past inflatsiya darajasi esa Jizzax viloyatida (6,3%) qayd etildi. 

  • Qoraqalpogʻiston R. — 7,4%
  • Xorazm — 7,3%
  • Sirdaryo — 7,2%
  • Qashqadaryo — 7,1%
  • Fargʻona — 7,1%
  • Navoiy — 7,0%
  • Namangan — 7,0%
  • Toshkent — 7,0%
  • Andijon — 6,9%
  • Buxoro — 6,9%
  • Surxondaryo — 6,9%
  • Toshkent shahri — 6,9%
  • Samarqand — 6,8%
  • Jizzax — 6,3%

Markaziy bankning yangilangan prognozlariga ko‘ra, yil oxirigacha yillik inflatsiya darajasi 6,5 foizgacha tushishi kutilmoqda. 

Belgilangan 5 foizlik target darajasiga esa 2027-yil oxirida erishish maqsad qilingan.

#inflatsiya#aprel

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar