Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning aprel oyida O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi.
Bu oyda yillik inflatsiya darajasi esa 7 foizga teng bo‘ldi. Meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishi hisobga olinmaganda, inflatsiya 7,6 foiz bo'lgan.
Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari ichida bulg‘or qalampiri eng ko‘p qimmatlagan.
Boshqa oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarning oylik hisobda, aniqrog‘i mart oyiga nisbatan o‘zgarishi quyidagicha:
Oziq-ovqat mahsulotlari
- Bulg‘or qalampiri — (+10,3%)
- Kartoshka — (+6,5%)
- Olma — (+4,5%)
- Qo‘y go‘shti — (+3,7%)
- Tuxum — (+3,6%)
- Ko‘katlar — (+3,3%)
- Mol go‘shti — (+3,2%)
- Sabzi — (+3,2%)
- Go‘sht qiymasi — (+2,9%)
- Shakar — (+2,2%)
- Tirik va sovutilgan baliq — (+2,0%)
- O‘simlik yog‘i — (+0,8%)
- Sut — (+0,4%)
- Banan — (-1,3%)
- Parranda go‘shti — (-1,3%)
- Guruch — (-1,1%)
- Pomidor — (-2,4%)
- Karam — (-2,4%)
- Piyoz — (-2,7%)
- Bodring — (-26,1%)
Transport
- Xalqaro aviaqatnovlar — (+2,6%)
- Ichki aviaqatnovlar — (+2,3%)
- Shahar avtobusi — (+1,6%)
- Uzoq masofali poyezdlar — (+1,4%)
- Benzin — (+1,4%)
- AI-92 — (+1,6%)
- AI-95 — (+0,9%)
- AI-98/100 — (+0,2%)
- Metan — (+0,7%)
- Avtoturargoh — (+0,8%)
- Tayyor ovqat yetkazib berish — (+0,8%)
- Propan — (-2,8%)
Kommunal va uy-joy
- Maishiy chiqindi xizmati — (+2,4%)
- Uy-joy materiallari — (+0,7%)
- Uy-joy xizmatlari — (+0,3%)
- Uy-joy ijarasi — (+0,6%)
- Toshko‘mir — (-0,7%)
Sog‘liqni saqlash
- Diagnostika xizmatlari — (+0,6%)
- Ko‘z uchun mahsulotlar — (+0,6%)
- Stomatologiya — (+0,3%)
Narxlarning yillik hisobda, aniqrog‘i o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan o‘zgarishi esa quyidagicha:
Oziq-ovqat mahsulotlari
- Olma — (+23,3%)
- Qo‘y go‘shti — (+20,3%)
- Kartoshka — (+18,9%)
- Mol go‘shti — (+17,3%)
- Tuxum — (+16,7%)
- Go‘sht qiymasi — (+14,1%)
- O‘simlik yog‘i — (+10,6%)
- Tirik va sovutilgan baliq — (+6,2%)
- Sut — (+5,6%)
- Parranda go‘shti — (+5,7%)
- Banan — (+3,9%)
- Shakar — (+2,1%)
- Bulg‘or qalampiri — (-4,0%)
- Ko‘katlar — (-4,5%)
- Pomidor — (-7,7%)
- Bodring — (-8,9%)
- Karam — (-9,8%)
- Sabzi — (-10,4%)
- Guruch — (-12,8%)
- Piyoz — (-21,5%)
Transport
- Metan — (+27,9%)
- Propan — (+16,7%)
- Shahar avtobusi — (+16,4%)
- Uzoq masofali poyezdlar — (+13,6%)
- Avtoturargoh — (+11,8%)
- Benzin — (+11,2%)
- Tayyor ovqat yetkazib berish — (+4,5%)
- Ichki aviaqatnovlar — (-13,1%)
- Xalqaro aviaqatnovlar — (-7,9%)
Kommunal va uy-joy
- Maishiy chiqindi xizmati — (+28,0%)
- Uy-joy materiallari — (+7,1%)
- Uy-joy xizmatlari — (+5,9%)
- Uy-joy ijarasi — (+2,5%)
Sog‘liqni saqlash
- Diagnostika xizmatlari — (+7,7%)
- Stomatologiya — (+4,4%)
- Ko‘z uchun mahsulotlar — (+3,1%)
Statistika agentligining ma’lum qilishicha, aprel oyida mol go‘shtining import va mahalliy narxlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.
Jumladan, import qilingan mol go‘shtining bir kilogrammi narxi 5 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha oshgan bo‘lsa, mahalliy narx 2 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha ko‘tarilgan.
