Aprel oyida Toshkent shahrida ijara narxlari qanday o‘zgardi?

07.05.2026 10:01
O'zbekchaРусский
2026-yilning aprel oyida Toshkent shahrida bir xonali uylarning ijara narxi yillik hisobda 14,3 foizga, 14,3 foizga, ikki xonali uylar ijarasi esa 10 foizga oshgan. Uch va to‘rt xonali uylarning ijara narxi esa mos ravishda 12,5 va 26,1 foizga arzonlagan.
Aprel oyida Toshkent shahrida ijara narxlari qanday o‘zgardi?

Foto: Wikimedia Commons

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti aprel oyi bo'yicha Toshkent shahridagi ijara narxlarining o‘zgarishi haqida ma’lumot berdi

Tahlilga ko‘ra, poytaxtda uy-joy ijarasi narxlarining o‘sishi asosan bir va ikki xonali uylarda kuzatilgan. 

Jumladan, bir xonali uylar ijarasi yillik hisobda 14,3 foizga, ikki xonali uylar ijarasi esa 10 foizga oshgan. 

Uch va to‘rt xonali uylarning ijara narxlari esa mos ravishda 12,5 va 26,1 foizga arzonlagan. 

Infografika: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

Biroq xonalar soniga qarab ijara narxining o‘zgarishi poytaxt tumanlarida turlicha shakllangan. 

Xususan, Uchtepa tumanida uch va to‘rt xonali uylar ijarasi mos ravishda 10 va 5 foizga oshgan. 

Infografika: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

Sergeli, Yashnobod hamda Yunusobod tumanlarida esa uch xonali uylarning ijara narxida o‘zgarish kuzatilmagan. 

Narxlarning eng keskin pasayishi Yashnobod tumanidagi to‘rt xonali uylarda (-35 %) qayd etilgan. 

Eng yuqori o‘sish esa Mirobod tumanidagi bir xonali uylarda (32 %) kuzatilgan. 

Ijara narxlari borasida hamon poytaxtning markaziy tumanlari yetakchilik qilmoqda. 

Infografika: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

Nisbatan arzonroq ijara narxlari esa Uchtepa va Bektemir tumanlarida qayd etilgan.

#ijara#toshkent_shahri

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar