Doniyor Abdurahmonov Tenge Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bankning rasmiy saytiga ko‘ra, Abdurahmonov ushbu lavozimda 8-maydan ish boshlagan.
Doniyor Abdurahmonov haqida
Doniyor Marselevich Abdurahmonov 1982-yilda tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Shuningdek, 2008-yilda Toshkent moliya institutining Moliya yo‘nalishini, 2013-yilda esa Bank-moliya akademiyasining Investitsiyalarni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zbekiston Milliy bankida huquqiy maslahatchi sifatida boshlagan.
2005-2014-yillarda Markaziy bankning Valyuta ayirboshlash operatsiyalari bosh boshqarmasi Tahlil boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2014-2016-yillarda esa Intermobilgaz korxonasida yurist bo‘lib ham faoliyat yuritgan.
2016-2017-yillarda Ravnaqbank’da Valyuta operatsiyalari departamenti direktori, 2017-yilda esa Davr-bank Valyuta operatsiyalari boshqarmasi boshlig‘i bo'lgan.
2017-yildan 2020-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Abdurahmonov 2020-yil avgust oyidan buyon Tenge Bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
