UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini e’lon qildi.

Infografika: tanga.uz
HUMO
HUMO to‘lov tizimi birinchi chorakni 206 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunladi.
Kompaniyaning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 baravarga oshgan.
Asosiy faoliyatdan olingan daromadi esa uch baravardan ko‘proqqa o‘sib, 308,6 mlrd so‘mga yetgan.
Operatsion xarajatlari 40 mlrd so‘mga ko‘payib, 54 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Xarajatlarning katta qismi (35 mlrd so‘m) ma’muriy xarajatlarga to‘g‘ri keladi.
Kompaniya ushbu davrda 11,2 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘lagan.
O‘tgan yilning mos davrida esa 8,8 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘lagan edi.
Ma’lumot uchun, HUMO to‘lov tizimining 100 foiz ulushiga Paynet to‘lov tashkiloti egalik qiladi.
UZCARD
UZCARD to‘lov tizimi birinchi chorakda 437 mlrd so‘m sof foyda oldi.
Kompaniyaning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 mlrd so‘mga yoki 42 foizga oshgan.
Daromadi esa 172 mlrd so‘mga ko‘payib, 622 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu davrda kompaniya xarajatlari 41 foizga oshib, 200 mlrd so‘mga yetgan. UZCARD joriy davr uchun 18,7 mlrd so‘m foyda solig‘i to‘lagan.
Taqqoslash uchun, kompaniya 2025-yilning birinchi choragida 1,3 mlrd so‘m foyda solig‘i to‘lagan edi.
Ma’lumot uchun, UZCARD to‘lov tizimining 75 foiz ulushi “IMC-Capital” MChJ xorijiy kompaniyasiga, qolgan 25 foiz ulushi esa Kamron Akbarovga tegishli.
IMC-Capital korxonasi Birlashgan Arab Amirliklarida ro‘yxatdan o‘tgan Berill Holding Company Limited tomonidan nazorat qilinadi.
