Paynet birinchi chorakda 115 mlrd so‘m soliq to‘ladi

12.05.2026 10:19
O'zbekchaРусский
2026-yilning birinchi choragida xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Ushbu davrda Paynet 115 mlrd so‘m, Yandex 61,8 mlrd so‘m, Uzbekistan Airways esa 72,2 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Paynet birinchi chorakda 115 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Foto: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

2026-yilning birinchi choragida xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda Paynet kompaniyasi 115 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Infografika: Soliq qo'mitasi

Taqqoslash uchun, kompaniya 2025-yil davomida 190,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan edi.

Yandex kompaniyasi ("YGo UB" MChJ) esa ushbu davrda 61,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

Kompaniyaning soliq to‘lovlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd so‘mga kamaygan.

Sohada eng ko‘p soliq to‘lovchi 20 ta kompaniya orasidagi o‘rni esa 7-o‘rindan 13-o‘ringa tushgan.

Bu borada Uzbekistan Airways aviakompaniyasi to‘rtinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Aviakompaniyaning soliq to‘lovlari esa 72,2 mlrd so‘mga ko‘payib, 232 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Yuk tashish xizmatini ko‘rsatuvchi My Freighter aviakompaniyasining soliq to‘lovlarida esa sezilarli darajada katta o‘sish kuzatilgan.

Aviakompaniya o‘tgan yilning birinchi choragida 37,6 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, joriy davrda 85,7 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

#paynet#yandex

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar