O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket yettinchi kun ko‘tarildi

12.05.2026 12:53
O'zbekchaРусский
13-may kuni uchun dollar kursini 12 145,65 so‘m etib belgiladi. 1-may kuni rasmiy kurs 11 937,60 so‘m etib belgilanib, so‘nggi besh oydagi eng past ko‘rsatkichga tushgan edi. Shundan so‘ng, yetti ish kuni davomida rasmiy kurs oshib, shu muddat ichida 208 so‘mga qimmatladi.
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket yettinchi kun ko‘tarildi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta

Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 13-may kuni uchun dollar kursini 12 145,65 so‘m etib belgiladi.

Infografika: tanga.uz

1-may kuni rasmiy kurs 11 937,60 so‘m etib belgilanib, so‘nggi besh oydagi eng past ko‘rsatkichga tushgan edi.

Shundan so‘ng, yetti ish kuni davomida rasmiy kurs oshib, shu muddat ichida 208 so‘mga qimmatladi.

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning o‘rganishlariga ko‘ra, ushbu davrda so‘m dollarga nisbatan qadrsizlangan sanoqli valyutalardan biri bo‘lgan.

Xususan, bu davrda tanlab olingan 39 ta valyutadan faqat uchtasi dollarga nisbatan qiymatini yo‘qotgan.

Infografika: Mirkonomika

So‘m esa eng ko‘p qadrsizlangan valyuta bo‘lgan. Boshqa valyutalar yoki mustahkamlangan (32 tasi), yoki o‘zgarishsiz qolgan. 

Jumladan, mazkur davrda rubl dollarga nisbatan 0,5 foizga, tenge 0,4 foizga, yuan 0,4 foizga mustahkamlangan.

Yirik valyutalardan iyena 1,8 foizga, frank 0,9 foizga, funt 0,6 foizga, yevro esa 0,5 foizga qadri oshgan.

Iqtisodchining fikricha, aksariyat valyutalarning dollarga nisbatan mustahkamlanishi fonida so‘mning qadrsizlanayotgani ichki omillar bilan izohlanishi mumkin.

Xususan, importga bo‘lgan talabning ortishi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni oshirayotgan bo‘lishi mumkin.

13-may kuni rubl kursi 164,33 so‘m etib belgilandi. Bu yil boshidan buyon qayd etilgan rublning so‘mga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.

#dollar_kursi#Mirkomil_Xolboyev

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar