Uzsungwoo korxonasidagi davlat ulushi 390 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi

15.05.2026 05:14
O'zbekchaРусский
Uzsungwoo korxonasining ustav kapitalidagi 50 foiz davlat ulushi 390 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi. Kimoshdi savdosining 1-iyun kuni soat 10:00 da boshlanishi belgilangan. Uzsungwoo qo‘shma korxonasi Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida joylashgan.
Uzsungwoo korxonasidagi davlat ulushi 390 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi

Foto: E-Auksion

Uzsungwoo korxonasining ustav kapitalidagi 50 foiz davlat ulushi 390 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi.

Kimoshdi savdosining 1-iyun kuni soat 10:00 da boshlanishi belgilangan.

Skrinshot: E-Auksion

Uzsungwoo qo‘shma korxonasi Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida joylashgan.

Korxona egallagan yer uchastkasining umumiy maydoni 6,54 gektarni tashkil etadi.

Foto: E-Auksion

Korxona UzAuto Motors avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Uzsungwoo saytidagi ma’lumotga ko‘ra, zavodda Chevrolet Cobalt uchun 183 turdagi qismlar ishlab chiqariladi. Korxonaning ustav kapitali 14 mln dollarni tashkil etadi.

Manba: stat.uz

Korxona majburiyatlari

2025-yil 1-oktyabr holatiga doir taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, korxonaning aylanma aktivlari 494 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Korxonaning debitorlik qarzdorligi 98 mlrd so‘mni, kreditorlik qarzdorligi esa 302 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Skrinshot: E-Auksion

Taqdim etilgan ma’lumotda korxonaning sof foydasi 147 mlrd so‘m bo‘lgani qayd etilgan, biroq mazkur ko‘rsatkich qaysi davr uchun ekani aytilmagan.

Xaridor majburiyatlari

E-auksion platformasida lotni sotib olgan xaridorga bir qator majburiyatlar yuklatilishi keltirilgan.

Unga ko‘ra, xaridor korxonaning asosiy faoliyat turini kamida 10 yil davomida saqlab qolishi lozim.

Asbob-uskunalarni sotish yoki xarid qilish bilan bog‘liq qarorlar O‘zavtosanoat bilan oldindan kelishilishi belgilangan.

Shuningdek, korxona mahsulotlari narxlarini qayta ko‘rib chiqish masalalari ham O‘zavtosanoat bilan majburiy tarzda muvofiqlashtiriladi.

Bundan tashqari, majburiyatlarda General Motors standartlari va OEM talablariga rioya etish, GM texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha cheklovlarga amal qilish ham aks etgan.

#uzsungwoo#xususiylashtirish

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar