2026-yilning yanvar-aprel oylarida mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 121 601 ta avtomobil sotdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 760 taga yoki 14 foizga ko‘pdir.

Manba: O‘zavtosanoat
Sotilgan avtomobillarning 95 727 tasi Chevrolet brendi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Brend avtomobillari sotuvi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga oshgan.
Biroq brendning mahalliy avtomobillar bozoridagi ulushi 83 foizdan 79 foizga tushgan.
Bu ko‘rsatkich BYD brendida 5 foizdan 9 foizgacha, KIA brendida esa 6,9 foizdan 7,2 foizgacha oshgan.
HAVAL brendining bozordagi ulushi yuqori bo‘lmasa-da, avtomobillari sotuvi 36 foizga o‘sib, 2 897 taga yetgan.
Ushbu davrda ham Cobalt, Damas, Tracker, Onix hamda Labo eng ko‘p sotilgan modellar bo‘ldi.
Chevrolet brendining yetakchiligini aynan shu modellar ta’minlagan.
Ularni hisobga olmaganda, UzAuto Motors boshqa modellaridan atigi 543 dona sota olgan.
O‘tgan yilning yanvar-fevral oylarida BYD 843 ta Yuan Up modelini sotgan bo‘lsa, joriy davrda 2 752 ta sotgan.
Shuningdek, brendning Chazor modeli sotuvi ham qariyb 2 barobarga o‘sib, 2 336 tani tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, BYD brendining mazkur ikki modeli narx borasida UzAuto Motors modellariga raqobatchi sifatida qaralmoqda.
